ILDS — barcha professional dermatologik tashkilotlarni birlashtiruvchi noyob uyushma bo‘lib, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) bilan «rasmiy munosabatlar» olib borgani tufayli, dermatologiya sohasining maqomini eng yuqori darajada namoyish etish, dermatovenerologiyaning sog‘liqni saqlash tizimlaridagi muhim o‘rnini faol aks ettirish va uning manfaatlarini himoya qilish siyosatini yuritadi.
Shuningdek, ushbu tashkilot o‘z a’zo muassasalari to‘g‘risida jahon dermatologik hamjamiyatining xabardorligini oshirish, yuqori sifatli ta’lim, davolash, ilmiy tadqiqotlar va innovatsiyalarni rivojlantirish uchun hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yishga xizmat qiladi.



