Pulpit — bu tish koronasining ichidagi yumshoq to‘qima — pulpaning yallig‘lanish jarayoni.

O‘tkir pulpit belgilari:

  • Kuchli pulsatsiyalanuvchi og‘riq, qo‘shni tishlarga, tomoq, peshona, quloq, iyak sohasiga tarqaladi.

  • Tish issiq va sovuqqa, shu jumladan sovuq ob-havoga kuchli o‘tkir og‘riq bilan javob beradi.

  • Bemor ma’lum vaqt oralig‘ida og‘riq hujumlarini boshdan kechiradi. Eng kuchli og‘riq yotgan paytda bo‘ladi.

Fibrozli pulpit belgilari:

  • Kechasi va kechqurun kuchayadigan doimiy og‘riq.

  • Og‘riqli tishda og‘irlik va bosim his qilish.

  • Sovuq va issiqqa kuchli og‘riq bilan javob berish. Ta’sir tugasa ham og‘riq o‘tmaydi.

Gangrenoz pulpit (ochiq shikastlanish joyi) belgilar:

  • Og‘riqli tish sohasida noxush hislar va bosim.

  • Tishni chaynashda mexanik bosim tufayli og‘riq paydo bo‘ladi.

  • Issiq ta’sirida kuchli o‘tkir og‘riq doimiy og‘riqqa aylanadi.

  • Tish emali kulrang rangga kiradi. Tish go‘shti shishadi va qizaradi. Tish go‘shtida fistula hosil bo‘ladi.

  • Og‘izdan chirish hidining chiqishi.

Gangrenoz pulpit (yopiq shikastlanish joyi) belgilar:

  • Kuchli og‘riq hujumlari.

  • Issiq ta’sirida kuchli o‘tkir og‘riq uzoq davom etadi.

Agar sizda ushbu belgilardan biri bo‘lsa, pulpit mavjudligini taxmin qilish va darhol stomatologga murojaat qilish tavsiya etiladi.

Xizmatga quyidagilar kiradi:

  • Anesteziya

  • Ildiz kanallarini davolash

  • Rentgen tekshiruvi (nazorat uchun)

  • Zararlangan tishni tiklash (restavratsiya)

Amaliyot texnikasi:

  • Anesteziya

  • Nekroektomiya (tishning nekrotik to‘qimalarini olib tashlash)

  • Asabni olib tashlash

  • Ildiz kanallarini dori va mexanik usul bilan tozalash

  • Ildiz kanallarini plombalash

  • Kompozit plombalar bilan tishning restavratsiyasi

Xulosa:

Og‘riqsiz davolash, diqqat bilan tozalash, sifatli preparatlar va tish davolash xizmatlari taqdim etiladi.