Bujirlash  — bu siydik chiqarish kanalining torayishi holatida uning o‘tkazuvchanligini kengaytirishga mo‘ljallangan urologik muolaja. Manipulyatsiya davolash yoki diagnostika maqsadida maxsus moslamalar — bujlar yordamida amalga oshiriladi.

Diagnostik bujirlashning maqsadi — uretra kanalidagi striktura (torayish)ning joylashuvi, darajasi va xususiyatlarini aniqlashdir.
Davolash bujirlashining maqsadi esa — kanal o‘tkazuvchanligini tiklash, siydikning erkin chiqishini ta’minlash uchun uretre kengaytirishdir.

Muolaja mahalliy og‘riqsizlantirish ostida, ambulator sharoitda, aseptika qoidalariga rioya qilgan holda bajariladi. Bu orqali siydik pufagiga patogen mikroflora tushishining oldi olinadi. Asbob kiritilgach, undagi balloncani havo yoki suyuqlik bilan asta-sekin to‘ldirib, kanal kengaytiriladi va 5–10 daqiqa shu holatda qoldiriladi. So‘ng buj chiqarib olinadi va uretra aseptik eritma bilan yuviladi.

Bujirlashga ayrim qarshi ko‘rsatmalar:

siydik chiqarish yo‘llarining infeksion kasalliklari (tsistit, pielonefrit, uretrit)ning keskinlashgan davri;

tashqi va ichki jinsiy a’zolarda yallig‘lanish jarayonlari;

surunkali buyrak yetishmovchiligi;

erkaklarda sunnat terisi sohasida uretre o‘tkazuvchanligining buzilishi (fimoz);

jinsiy olat yoki kichik chanoq a’zolarining travmatik shikastlanishlari.