Erektil disfunktsiyani davolash **BTL EMSELLA** kreslosida elektromagnit impulslar yordamida amalga oshiriladi. Seans davomida bemor qulay kresloda o‘tiradi, uning o‘rindiq qismi tos tubi mushaklariga yo‘naltirilgan impulslarni hosil qiladi. Muolaja yoqimsiz yoki noqulay sezgilar bilan kechmaydi: bemor faqat tos tubida joylashgan mushaklarning bo‘shashishi va qisqarishini his qiladi.

To‘liq reabilitatsiya kursi 6–10 seansdan iborat bo‘ladi. Bemor muammosiga qarab, shifokor dastur intensivligini tanlaydi.

Natija birinchi muolajadan so‘ngyoq sezila boshlaydi va kurs davomida yanada kuchayadi. Seans tugashi bilan odatdagi hayot tarziga qaytish mumkin: muolajadan keyin hech qanday cheklovlar mavjud emas.

**Ba’zi qarshi ko‘rsatmalar:** o‘pka yoki yurak-qon tomir yetishmovchiligi, epilepsiya, xavfli o‘sma kasalliklari, kichik tos a’zolarining yallig‘lanish kasalliklarining zo‘rayish davri, organizmda metall implantlar mavjudligi.