Moyaklarni immobilizatsiya qilish — maxsus bandaj yoki suspensoriy kiyish orqali amalga oshiriladi. Bunday maxsus ichki kiyim zararlangan moyakni ko‘tarilgan holatda ushlab turadi.

Suspensoriy — bu moyak qinini ushlab turish uchun mo‘ljallangan maxsus xaltacha ko‘rinishidagi moslama. Uni moyak va uning ortig‘i kasalliklarida, urug‘ tizimchasi venalarining kengayishida va boshqa holatlarda qo‘llashadi. Shuningdek, sport mashg‘ulotlari va ot minish paytida moyak shikastlanishining oldini olish uchun ham ishlatiladi.