Uretrani tamponlash — siydik chiqarish kanalini vaqtincha tampon bilan to‘sib qo‘yish muolajasi.
O‘tkazilish tartibi:
Bemor orqasi bilan yotadi, oyoqlar yon tomonga ajratilgan holda urologik kresloga joylashtiriladi. Tamponada bo‘sh siydik pufagida bajariladi, chunki siydik chiqarish tamponning chiqib ketishiga olib keladi.
Tamponni siydik chiqarish kanaliga kiritish uchun optik tizim o‘tkaziladigan kanali bo‘lgan tsistoskop tubusi (asbobning tashqi qismi) ishlatiladi. Og‘riqsizlantirish uchun mahalliy anesteziya — lidokain qo‘llaniladi.
Tsistoskop uretre va siydik pufagiga kiritilgach, tampon shunday o‘tkaziladiki, uning uzoqdagi qismi siydik pufagi og‘zida joylashadi. Asbobni ehtiyotkorlik bilan chiqarish uretra bo‘shlig‘ining tampon bilan to‘lishiga olib keladi.
Maksimal samaraga erishish uchun muolajadan so‘ng bir necha soat davomida siydik chiqarmaslik tavsiya etiladi. Muolaja davomiyligi — 15 daqiqa. Tamponni chiqarish uchun siydik chiqarish kifoya.
Qarshi ko‘rsatmalar: o‘tkir yallig‘lanish kasalliklari — uretrit, tsistit, orxit, prostatit.

