Vitiligo — bu teri pigmentasiyasining buzilishi bilan kechadigan surunkali, yallig‘lanishsiz kasallik, ya’ni teridagi ayrim hududlari oq yoki och rangga aylanishi bilan namoyon bo‘ladi. Bu holat melanin ishlab chiqaradigan hujayralar — melanositlarning yo‘qolishi natijasida yuzaga keladi.
Kasallik yallig‘lanish, og‘riq yoki qichishish bilan kechmaydi, lekin kosmetik va psixologik noqulaylik keltirishi mumkin.
Vitiligo infeksion emas, ya’ni u boshqa odamga yuqmaydi, qo‘l berib, bir idishdan yeb-ichib yoki yaqin muloqot orqali tarqalmaydi.







