DERMATOVENEROLOGIYA VA ESTETIK TIBBIYOTNING DOLZARB MASALALARI: INTERDISIPLINAR VA INNOVATSION YECHIMLAR
XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA
2026-YIL 16–17-OKTYABR
HURMATLI HAMKASBLAR! AZIZ DO‘STLAR!
Sizlarni 2026-yil 16–17-oktyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan
«Dermatovenerologiya va estetik tibbiyotning dolzarb masalalari: interdisiplinar va innovatsion yechimlar» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etishga taklif etamiz.
KONFERENSIYA TASHKILOTCHILARI:
Dermatovenerologiya va kosmetologiya bo‘yicha Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazi
Konferensiyada dermatovenerologlar, kosmetologlar, shuningdek dermatovenerologiya va estetik tibbiyot sohasida faoliyat yuritayotgan yosh olimlar ishtirok etishlari mumkin.
Konferensiya formati: oflayn
O‘tkazilish joyi: Hilton Tashkent City, Islom Karimov ko‘chasi 2-uy, 5-blok, Toshkent, 100027, O‘zbekiston
Konferensiyaning rasmiy tillari: o‘zbek, rus, ingliz
KONFERENSIYANING ASOSIY YO‘NALISHLARI:
- Dermatovenerologiyaning dolzarb muammolari
- Estetik tibbiyotda innovatsion yondashuvlar
- Diagnostika va davolashning interdisiplinar usullari
- Zamonaviy texnologiyalar va ilmiy yutuqlarni amaliyotga joriy etish
KONFERENSIYA DASTURI:
- Dermatovenerologiya va kosmetologiya sohasidagi yetakchi mutaxassislar ishtirokida ilmiy sessiyalar
- Ilmiy ma’ruzalar va tezislar taqdimoti
- Yosh olimlar tanlovi
- Farmatsevtika kompaniyalari va tibbiy uskunalar mahsulotlari ko‘rgazmasi
Eslatma:
Tezislarni topshirishning oxirgi muddati — 2026-yil 1-sentyabr
Ilmiy ishlarni quyidagi elektron pochta manziliga yuborish mumkin:
center@dermatology.uz
Ma’ruza bilan chiqish uchun arizalarni topshirishning oxirgi muddati:
2026-yil 1-sentyabr
Konferensiya materiallari «Dermatovenerologiya va estetik tibbiyot» ilmiy-amaliy jurnalida chop etiladi va barcha ishtirokchilarga sertifikatlar topshiriladi.
Ro‘yxatdan o‘tish va qo‘shimcha ma’lumot uchun:
Veb-sayt: dermatology.uz
Telefon: +998 90 961 75 95 (Raxmatova Mavluda Sayfuddinovna)
Elektron pochta: center@dermatology.uz
Manzil: Toshkent sh., Olmazor tumani, Farobiy ko‘chasi, 3-uy
Sizlarni ushbu muhim ilmiy tadbir ishtirokchilari safida ko‘rishdan mamnun bo‘lamiz va faol ishtirokingizga umid qilamiz!
Hurmat bilan,
Konferensiya tashkiliy qo‘mitasi


