Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimida 2027-yilda tayanch doktorantura (PhD) va doktorantura (DSc)ga o‘qishga kirish uchun hujjat topshiruvchi talabgorlarga ilmiy-tadqiqot ishlari taqdimotlarini tayyorlash, taqdim etish, o‘tkazish va baholashning tasdiqlangan tartibi haqida ma’lum qiladi.
Mazkur hujjatda talabgorlarning ilmiy-tadqiqot ishlari taqdimotlari mazmuni va rasmiylashtirilishiga qo‘yiladigan talablar, ularni taqdim etish va himoya qilish tartibi, baholash mezonlari va tizimi, tanlov asosida saralash jarayoni, shuningdek, apellyatsiya berish va uni ko‘rib chiqish tartibi belgilangan.
Barcha talabgorlardan taqdimotlarga qo‘yiladigan talablar, baholash mezonlari hamda tanlov asosida saralash jarayonini o‘tkazish tartibi bilan oldindan tanishib chiqishlarini so‘raymiz.
Tartibning to‘liq matni va unga tegishli ilovalar biriktirilgan hujjatda keltirilgan.
Hujjatlarni qabul qilish muddati: 2026-yil 15-sentabrdan 15-oktabrgacha.
Hujjatlarni topshirish: Oliy ta’limdan keyingi ta’limni muvofiqlashtirishning yagona elektron tizimi orqali — daraja.ilmiy.uz



