
1997 yilda Ikkinchi Toshkent Davlat Tibbiyot Institutini tamomlagan. 1997–1999 yy. davomida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash Vazirligi huzuridagi Dermatologiya va Venereologiya Ilmiy-Tadqiqot Institutida «Dermatovenerologiya» mutaxassisligi bo‘yicha klinik ordinatura va internaturadan o‘tgan.
Tibbiyot fanlari doktori, katta ilmiy xodim, yuqori toifali shifokor, O‘zbekiston Dermatovenerologlar Assotsiatsiyasi Prezidentining o‘rinbosari, Yevropa Dermatovenerologlar Akademiyasi (EADV) a’zosi, Xalqaro Dermatologlar Jamiyati (ISD) a’zosi, RIDV va KIATM huzuridagi 14.00.11 – dermatologiya va venereologiya ilmiy darajalari berish bo‘yicha Ilmiy seminari raisining o‘rinbosari, DSc.04/28.02.2023.Tib.158.01 maxsus Kengashi a’zosi, O‘zbekiston dermatovenerolog va kosmetologlariga malaka kategoriyalarini berish bo‘yicha attestatsiya komissiyasi a’zosi, «Dermatovenerologiya va estetik tibbiyot» ilmiy-amaliy jurnalining tahririy kengashi a’zosi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash Vazirligi dermatovenerologiya xizmatining bosh mutaxassisi. Doimiy ravishda o‘z bilim va ko‘nikmalarini malaka oshirish va xalqaro kongresslarda ishtirok etish orqali takomillashtiradi (AQSh, Fransiya, Shveysariya, Gretsiya, Rossiya, Qozog‘iston, Singapur, Ispaniya va boshqa davlatlar). Vitiligo va psoriazni davolashning yangi usullariga ixtisoslashgan, 3 monografiya va 100 dan ortiq ilmiy ishlarning muallifi.

