* bilan belgilangan joylar to'ldirilishi majburiy

    Isroilov Hikmatjon Tuygunovich
    Yuqori toifali vrach, anonim tekshiruv va davolash kabineti
    Ish staji:
    27 лет
    Ixtisoslashtirish:
    Kichik urologiya, venereal kasalliklar
    Davolash profili:
    Zamonaviy usullar bilan genital herpesning takrorlanuvchi shakllarini diagnostikasi va davolash. Jinsiy yo‘l bilan yuqadigan kasalliklarni diagnostikasi va davolash.
    Kasbiy faoliyat:

    Yuqori toifali vrach, anonim tekshiruv va davolash kabineti, Respublika Maxsus Ilmiy-Amaliy Dermatovenerologiya va Kosmetologiya Markazi

    Birinchi Toshkent Tibbiyot Institutini tamomlagan va terapevt diplomi olgan.

    RIDV va KIATM bazasida «Dermatovenerologiya» mutaxassisligi bo‘yicha klinik ordinaturani tamomlagan.

    «Kichik urologiya» bo‘yicha malaka oshirishni shifokorlar malakasini oshirish institutida, «mezoterapiya» bo‘yicha litsenziyalangan kosmetologiya maktabi “Esthete Education”da, shuningdek, «Urogenital infeksiyalar. Klinika va davolash prinsiplari» kursi bo‘yicha malaka oshirishni o‘tkazgan.

    Dermatovenerologlar jamiyati majlislarida ma’ruzalar qilgan, Rossiya va O‘zbekistonda o‘tkazilgan «Dermatovenerologiya va estetik tibbiyotning dolzarb muammolari» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalarda ishtirok etgan.

    Ilmiy-innovatsion va amaliy loyihalarda faol ishtirok etgan: grant № Iz-2015-0911104941 «Genital herpesning takrorlanuvchi shaklida patogenetik terapiya usulini joriy etish» va № ITSS-20-3 «VIV-infeksiyalangan va VIV-negativ bemorlarda genital herpesning takrorlanuvchi va murakkab shakllarini davolash usullarini mukammallashtirish» loyihalari.

    30 dan ortiq ilmiy nashrlar, 2 ta metodik tavsiyalar, monografiya va o‘quv qo‘llanmaning muallifi.