* bilan belgilangan joylar to'ldirilishi majburiy

    Mavlyanova Shahnoza Zakirovna
    Dermatozlar muammolarini o‘rganish bo‘yicha ilmiy laboratoriya mudiri, tibbiyot fanlari doktori, professor
    Ish staji:
    40 лет
    Ixtisoslashtirish:
    Dermatovenerolog
    Davolash profili:
    Teri allergik kasalliklari, allergik kasalliklar, vitiligo, psoriaz, pufakchali temiratki
    Kasbiy faoliyat:

    1986-yilda Toshkent Davlat Tibbiyot institutini tamomlagan.

    1986-1988-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Dermatovenerologiya ilmiy-tadqiqot institutida “dermatovenerologiya” mutaxassisligi bo‘yicha shifokor-intern bo‘lib ishlagan.

    1990-yilda mikologiya bo‘limida kichik ilmiy xodim bo‘lib ishlagan.

    1994-yilda “Rangli temiratki kliniko-immunologik xususiyatlari va endokrin buzilishlarning ayrim jihatlari” mavzusida tibbiyot fanlari nomzodi dissertatsiyasini himoya qilgan.

    1997-yilda “Teri va venerik kasalliklar” (14.00.11) mutaxassisligi bo‘yicha katta ilmiy xodim ilmiy unvoni berilgan.

    2000-yildan RSNPMCDViK SSV O‘zR dermatologiya bo‘limi mudiri lavozimida ishlab kelmoqda.

    2004-yilda “Teri va shilliq qavatlarning kliniko-immunologik xususiyatlari” mavzusida tibbiyot fanlari doktori dissertatsiyasini himoya qilgan.

    2012-yilda Mavlyanova Sh.Z. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i bilan “A’lo mehnati uchun” diplomi bilan taqdirlangan.

    2014-yilda RSNPMCDViK xotin-qizlar kengashi raisi.

    2017-yilda Mavlyanova Sh.Z. “Sog‘liqni saqlash a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan mukofotlangan.

    2021-yilda klinik, mikrobiologik va eksperimental tadqiqotlar asosida “Dermodess” kompaniyasi nanoteknologiyalar yordamida kremniy elementlari bilan shimdirilgan dermatologik ichki kiyim (mayka, qo‘lqop, baxila, shorti)dan foydalanilgan tashqi davolashning innovatsion usulini ishlab chiqdi.

    2022-yildan hozirgi vaqtgacha O‘zbekiston Respublikasi OAK huzuridagi Terapevtik fanlar bo‘yicha Ekspert ilmiy kengashi raisi.

    O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi RSNPMCDViK Kengashi a’zosi, Yevropa dermatovenerologlar akademiyasi a’zosi, “Dermatovenerologiya va estetik tibbiyot” ilmiy-amaliy jurnalining tahrir hay’ati a’zosi, “Dermatologiya” mutaxassisligi bo‘yicha malaka oshirish kursi o‘qituvchisi.

    2 ta amaliy, 2 ta innovatsion, 1 ta fundamental, 2 ta yosh olimlar granti, O‘zbekiston dermatovenerologlari assotsiatsiyasi tomonidan fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi ko‘magida 3 ta grant loyihasiga rahbarlik qilgan.

    280 dan ortiq ilmiy maqola, 22 ta uslubiy qo‘llanma, 13 ta ixtiro va 10 ta monografiya muallifi.

    Mavlyanova Sh.Z. bir necha bor xorijda (Italiya, Rossiya, Latviya, Qozog‘iston, Ispaniya, AQSh, Gretsiya, BAA, Avstriya, Chexiya, Shveytsariya, Janubiy Koreya va boshqalar) va O‘zbekistonda o‘tkazilgan turli forumlar, xalqaro kongresslar va konferensiyalarda ishtirok etgan.