
Vrach-ordinator dermatomikologiya bo‘limi, Respublika Maxsus Ilmiy-Amaliy Dermatovenerologiya va Kosmetologiya Markazi
Toshkent Tibbiyot Akademiyasini tamomlagan va pedagog-vrach diplomi olgan.
RIDV va KIATM bazasida «Dermatovenerologiya» mutaxassisligi bo‘yicha klinik ordinaturani tamomlagan.
«Bazaviy kosmetologiya», «mezoterapiya», «PRP-terapiya» bo‘yicha litsenziyalangan kosmetologiya maktabi “Esthete Education”da, shuningdek, «Raqamli vizualizatsiya yordamida zamonaviy dermatoskopiya metodlari», «Urogenital infeksiyalar. Klinika va davolash prinsiplari», «Giperpigmentatsiyani davolashning kombinatsiyalangan usullari» kurslari bo‘yicha malaka oshirishni o‘tkazgan.
Dermatovenerologlar jamiyati majlislarida ma’ruzalar qilgan, BAA va O‘zbekistonda o‘tkazilgan «Dermatovenerologiya va estetik tibbiyotning dolzarb muammolari» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalarda ishtirok etgan.
Ilmiy-amaliy va innovatsion loyihalarda faol ishtirok etgan: «Organizmning morfologik va immunologik xususiyatlarini o‘rganishga asoslangan melanin giperpigmentatsiyalarini davolash va 3D diagnostika texnologiyasini ishlab chiqish» hamda «Bolalarda atopik dermatit va teri qo‘ziqorin kasalliklarini tashqi davolashning yangi texnologiyasini ishlab chiqish» loyihalari.
Ish faoliyati davomida 50 ta ilmiy ish nashr etilgan (shundan 3 ta maqola Scopus, 2 ta maqola Web of Sciences bazalarida indekslangan), 1 ta metodik tavsiya chiqarilgan.
«International Society of Dermatology» (AQSh) assotsiatsiyasi a’zosi.

