
Tibbiyot fanlari doktori, professor, oliy toifali dermatolog shifokor, O‘zbekiston sog‘liqni saqlash a’lochisi.
“O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy dermatovenerologiya va kosmetologiya tibbiyot markazi” davlat muassasasi Mikozlar muammolarini o‘rganish ilmiy laboratoriyasi mudiri.
Professor A.B. Rahmatov Toshkent tibbiyot institutidagi Maxsus kengash a’zosi, Toshkent tibbiyot akademiyasidagi Aprobatsiya kengashi a’zosi, qator jurnallar tahrir hay’ati a’zosi hisoblanadi:
«Ukraina dermatologiya, venerologiya va kosmetologiya jurnali»,
«Dermatologiya va venerologiya axborotnomasi» (Rossiya),
«Dermatovenerologiya va reproduktiv salomatlik yangiliklari» (O‘zbekiston),
«Dermatovenerologiya va estetik tibbiyot» (O‘zbekiston),
«Dermatologiya. Kosmetologiya» (Belorussiya),
«Sog‘liqni saqlash sohasida magistratura ta’limi axborotnomasi» (Tojikiston).
2011-yilda professor A.B. Rahmatov MDH davlatlari dermatovenerologiyasi bo‘yicha Koordinatsiya kengashi a’zosi etib saylangan.
U dermatovenerologiya, psixodermatologiya, psoriaz bo‘yicha Yevropa kongresslarida (Shveytsariya, Germaniya, Fransiya, Italiya, Portugaliya, Angliya va boshqalar) o‘zining dermatomikologiyaga oid ishlanmalarini taqdim etib keladi. Shuningdek, u Rossiya, Ukraina, Qozog‘iston, Gruziya va boshqa yaqin xorijiy mamlakatlarda o‘tkazilgan dermatovenerologlar kongresslarida ham ilmiy ma’ruzalar bilan qatnashgan.
Professor Rahmatov A.B. 1085 dan ortiq ilmiy maqola, monografiya va qo‘llanmalar, uslubiy tavsiyalar muallifi. U O‘zbekiston dermatovenerologlari assotsiatsiyasi hamda Yevropa dermatovenerologlar assotsiatsiyasi a’zosi. 2021-yildan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining bosh dermatovenerologi hisoblanadi.
Rossiya Federatsiyasi, Ukraina, Belorussiya, Tojikiston va O‘zbekistonning ilmiy-amaliy jurnallari tahrir hay’ati a’zosi.
2017-yildan respublikada bullöz epidermoliz bo‘yicha faoliyatga rahbarlik qilib keladi, xalqaro “DEBRA” tashkiloti, Rossiya “Kapalak-bolalar” xayriya jamg‘armasi va “Kapalak-bolalar” nodavlat notijorat tashkiloti a’zosi. O‘zbekiston Respublikasida genodermatozlar bo‘yicha ishlar uchun mas’uldir.

