* bilan belgilangan joylar to'ldirilishi majburiy

    Ubaydullayev Zabihulla Xabibullayevich
    Dermatovenerologiya va reproduktiv kasalliklar bo‘limi boshlig‘i
    Ish staji:
    30 лет
    Ixtisoslashtirish:
    Dermatovenerolog
    Davolash profili:
    Jinsiy yo‘l bilan yuqadigan infektsion kasalliklar, kichik jinsiy organlarning yallig‘lanish kasalliklari, barcha dermatologik kasalliklarning zamonaviy diagnostikasi va davolash
    Kasbiy faoliyat:

    2003–2016 yillar – Respublika Maxsus Ilmiy-Amaliy Dermatologiya va Venerologiya Markazi konsultativ poliklinikasi boshlig‘i.

    2016 yildan hozirgi kungacha – Dermatovenerologiya va reproduktiv kasalliklar bo‘limi boshlig‘i.

    2012 yilda «Rangbarang temiratka bilan yuqtirilgan bemorlarni davolashni optimallashtirish, endogen diabet va immun statusni hisobga olgan holda» mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilib, tibbiyot fanlari bo‘yicha nomzod ilmiy darajasini olgan.

    Z.X. Ubaydullayev O‘zbekiston Dermatovenerologlar Assotsiatsiyasi, Toshkent va Toshkent viloyati Dermatovenerologlar Jamiyati a’zosi.

    U muntazam ravishda O‘zbekiston va MDH davlatlarida o‘tkaziladigan dermatovenerologiyaning asosiy muammolariga bag‘ishlangan xalqaro simpozium va konferensiyalarda ishtirok etadi.

    2019 yilda Rossiya Federatsiyasida (Moskva) «Sifilisni diagnostikasi, davolash va profilaktikasi» mavzusida stajirovka o‘tdi.

    2020 yildan – Qoraqalpog‘iston Respublikasi dermatovenerologik xizmatining kuratori.

    Z.X. Ubaydullayev oliy malaka toifasiga ega.

    U tibbiy xizmatlarni tashkil etish bilan faol shug‘ullanadi va katta tajribaga ega.

    Zo‘r tashkiliy qobiliyat va intizomni namoyish etadi.

    O‘z ishiga mas’uliyat bilan yondashadi va bo‘lim xodimlaridan ham shunday yondashuvni talab qiladi.