* bilan belgilangan joylar to'ldirilishi majburiy

    Xonxodjaev Sherzod Shuxratovich
    Ish staji:
    14 лет
    Ixtisoslashtirish:
    Dermatovenerolog, patomorfolog
    Davolash profili:
    Kasbiy faoliyat:

    2015-yilda Respublika dermatovenerologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida dermatovenerologiya bo‘yicha klinik ordinaturani tamomlagan.

    2016-yilda Toshkent tibbiyot institutida patomorfologiya bo‘yicha ixtisoslashgan.

    2017-yilda Zaltsburgda (Avstriya) “Patologiya” yo‘nalishi bo‘yicha (Salzburg Cleveland Seminar on Pathology) grant yutib, seminarda ishtirok etgan.

    2017-yilda “Amaliy dermatologiyaning Xalqaro yozgi akademiyasi-2017” (Myunxen) granti sohibi bo‘lib, Germaniyada dermatopatologiya bo‘yicha malakasini oshirgan.

    2018-yilda “Moskva dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy markazida” (Rossiya) “terining kasalliklarini patomorfologik diagnostikasi”ni o‘rgangan.

    2018-yilda “Xalqaro dermatologlar jamiyati” (AQSh)ning xalqaro stipendiyasi (ISD Mentorship Award) sovrindori bo‘lib, Shveysariyaning Bern shahrida “dermatopatologiya” yo‘nalishi bo‘yicha malakasini oshirgan.

    2019-yilda grant yutib, Italiya (Milan) shahrida o‘tkazilgan 24-Jahon dermatologlar kongressida spiker sifatida qatnashgan.

    2021-yilda Klivlend klinikasida OMI Seminar bo‘yicha “patologiya” ixtisosligi bo‘yicha malakasini oshirgan.

    2021-yilda ISD Global Education Award 2021 laureati sifatida 13-Xalqaro dermatologlar kongressida (ICD 2021, Melburn, Avstraliya) onlayn ma’ruza bilan ishtirok etgan.

    Ko‘plab nufuzli xalqaro konferensiya va kongresslarda, jumladan Germaniya, Italiya, Shveysariya, Avstriya, Singapur, Rossiya, Qozog‘istonda ma’ruzalar bilan qatnashgan.

    2015-yildan “O‘zbekiston dermatovenerologlar assotsiatsiyasi” a’zosi.

    2016-yildan “Xalqaro dermatologlar jamiyati” (ISD, AQSh) a’zosi.

    2018-yildan “Xalqaro dermatoskopiya jamiyati” (ISD, AQSh) a’zosi.

    20 dan ortiq ilmiy va amaliy maqolalar, patentlar va axborot byulletenlari muallifi.