
Toshkent davlat tibbiyot universitetini tamomlagan. Dermatologiya va venerologiya ilmiy-tadqiqot institutida internatura, klinik ordinatura va aspiranturada tahsil olgan.
1982 yilda «Sifilisning yuqumli shakllari bilan og‘rigan bemorlarning orqa miya suyuqligi holati» mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini,
1996 yilda esa «Sifilis bilan og‘rib o‘tgan shaxslarda sog‘liq ko‘rsatkichlari» mavzusida doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan.
1986–1996 yillarda venerologiya bo‘limi mudiri,
1986–1992 yillarda ilmiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari,
1992–1995 yillarda institut direktori lavozimida faoliyat yuritgan.
Taxminan 1000 ga yaqin ilmiy ishlar muallifi, shundan 80 tasi xorijiy ilmiy jurnallarda chop etilgan. 80 dan ortiq uslubiy qo‘llanma, 11 ta ixtiro va 17 ta monografiya muallifi.
O‘zbekiston dermatovenerologlar assotsiatsiyasi a’zosi.
Hozirda Respublika ixtisoslashtirilgan dermatologiya, venerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida yetakchi ilmiy xodim sifatida faoliyat yuritmoqda.

